Farg‘ona viloyati sudining yangi raisi va o‘rinbosarlari tanishtirildi
2026-06-10 12:25:00 / Yangiliklar

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari - fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akram Shukurov hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sud raislari va sudyalar ishtirok etdi.
Prezidentimizning 9-iyundagi farmoyishi bilan Boboxon Xodjiakbarovich Vahobov Farg‘ona viloyati sudi raisi, Abrorjon Alimjonovich Omonov Farg‘ona viloyati sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi hamda Akmal Hashimovich Rahimov Farg‘ona viloyati sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimlariga tayinlandi.
Yig‘ilishda viloyatda qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikrlar bildirildi.






