Malayziyaning mashhur zargarlik brendiga ega kompaniya bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-06-03 16:25:00 / Yangiliklar

HABIB Jewels — Malayziyaning yetakchi zargarlik brendlaridan biri bo‘lib, 1958-yilda Penang shahrida Datuk Haji Habib Mohamed Abdul Latif tomonidan tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari oltin taqinchoqlar, olmos va qimmatbaho toshlar, nikoh va to‘y uzuklari, lyuks soatlar hamda investitsion oltin mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishdan iborat.
Kompaniyaning bosh qarorgohi Ampang hududida joylashgan bo‘lib, u Malayziya bo‘ylab keng savdo tarmog‘iga ega. Shuningdek, Singapur, Bruney va Indoneziya kabi davlatlarda ham faoliyat yuritadi.
"HABIB Jewels" milliy malay uslublarini zamonaviy zargarlik dizayni bilan uyg‘unlashtirgani, yuqori sifatli olmos mahsulotlari va eksklyuziv kolleksiyalari bilan mashhurdir.
Uchrashuvda viloyatda zargarlik yo‘nalishida loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.






