Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov biznes-forum doirasida Malayziyaning o‘ndan ortiq yirik kompaniyalari va biznes doira vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi
2026-06-02 18:00:00 / Yangiliklar

“Orientex Synergy” kompaniyasi rahbari Muzamil Rosli bilan qurilish sohasida, "Malaysia Chinese Assembly Hall" uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
"Mutiara Perlis Sdn Bhd" kompaniyasi rahbari Abbos Xuder Bilgrami bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyiha takliflari muhokama qilindi. "Greentact Healthcare", "Imago" kompaniyasi bilan tibbiyot, parrandachilik yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, "Happy Alliance Sdn Bhd" kompaniyasi bilan qo‘shimcha ozuqa mahsulotlari, "Greentact Healthcare" kompaniyasi bilan insulin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, "Pestec International Berhad" kompaniyasi bilan “yashil” energetika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, “Median Berhad” kompaniyasi bilan esa ko‘chmas mulk qurilishiga sarmoya kiritish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikka kelishildi.









