Farg‘onalik yoshlar uchun Yaponiyada o‘qish va ishlash imkoniyatlari kengaymoqda
2026-05-26 13:30:00 / Yangiliklar

Kompaniya bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shmoqda.
Uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarning muhandislik, IT va ishlab chiqarish sohalariga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi.
Shuningdek, “Willtec” kompaniyasi bilan Farg‘ona viloyatida yapon standartlari asosida qurilish va muhandislik kadrlarini tayyorlash markazini tashkil etish, yapon tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni Yaponiyada o‘qitish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, “Willtec Corporation Ltd” kompaniyasi ishlab chiqarish autsorsingi, muhandislik xizmatlari, sanoat uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish, robototexnika, IT-injenering va energetika sohalari uchun yechimlar taqdim etadi. Shuningdek, kompaniya sanoat korxonalari uchun muhandis va texnik mutaxassislar tayyorlash hamda xorijiy kadrlar rekrutingi bilan ham shug‘ullanadi.



