Farg‘ona va Gomel o‘rtasidagi aloqalar yanada faollashmoqda
2026-05-21 08:00:00 / Yangiliklar

Hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradigan bu tashrif dasturi juda boy bo‘lib, delegatsiya XX Gomel iqtisodiy forumida ishtirok etadi. Shuningdek, Gomel viloyatidagi qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishadilar, viloyat rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar.
Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya a’zolari Jlobin tumanining Qizil Bereg hududida joylashgan, “Urush qurboni bo‘lgan bolalar” memorial majmuasini ziyorat qildilar. Xotira yodgorligi poyiga gullar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushi yillarida begunoh halok bo‘lgan bolalar hamda tinch aholi xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Mazkur majmua Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar tomonidan tashkil etilgan va minglab bolalar azob chekkan yirik yig‘uv-absorbsiya lageri o‘rnida barpo etilgan.
Ushbu majmua ramziy “Quyosh maydoni” va urush fojiasini aks ettiruvchi noyob me’moriy elementlarni o‘z ichiga oladi.
Shundan so‘ng majmua hududidagi muzey ekspozitsiyasi ham ko‘zdan kechirildi. Viloyat delegatsiyasiga muzeydagi urush davriga oid asl tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va lager mahbuslarining taqdirini so‘zlovchi eksponatlar tanishtirildi.




