Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “GLOTECH” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Yevgeniy Superfinni qabul qildi
2026-05-18 21:05:00 / Yangiliklar

“GLOTECH” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan obyektlarda energiya auditlari o‘tkazilib, elektr ta’minoti, isitish, ventilyatsiya va sovitish tizimlarining texnik holati chuqur tahlil qilinadi. Shu asosda energiya sarfini qisqartirish, uskunalar samaradorligini oshirish hamda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, loyihalarda IT texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi.
Muloqotda germaniyalik mehmonlar O‘zbekistonda, xususan, Farg‘onada qulay investitsion muhit yaratilganini, ishchi kuchi ham yetarli ekanini alohida ta’kidladilar. Shu bilan birga, kelgusida malakali mutaxassislar tayyorlash masalalarida fikr almashildi.
Nemis kompaniyasi tomonidan viloyatimizda olib borilgan o‘rganishlar, istiqbolda ko‘zda tutilgan rejalar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda ilgari surilayotgan loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirilib, o‘zaro hamkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.


