Farg‘onada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi
2026-05-14 09:45:00 / Yangiliklar

Tanlovning mahalla bosqichlarida viloyat bo‘ylab 40 ming nafardan ortiq yoshlar faol ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 200 nafardan ziyod iste’dodli yoshlar viloyat bosqichida o‘zaro bellashib, o‘z mahoratini namoyish etdi.
Ishtirokchilar an’anaviy ijro, baxshichilik, estrada hamda opera yo‘nalishlarida chiqish qilib, o‘zining kuchli ovozi, sahna madaniyati va ijodiy salohiyati bilan tomoshabinlar hamda hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Tanlov davomida milliy san’atimizning betakror namunalari, yoshlarning zamonaviy ijodga bo‘lgan yondashuvi va yuksak iste’dodi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Yakunda hakamlar hay’ati tomonidan eng munosib ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda ular “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichida Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.









