Farg‘onada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-04-24 12:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Prezidentimizning tegishli qaror va farmonlarining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining asosiy vazifa va funksiyalari, mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga sertifikat berish tartibi, “new.cooperation.uz” platformasida ishlash, mahsulot joylashtirish, sotish va xarid qilish shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qonunchilikdagi yangiliklar, mavjud imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq muloqotda viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar mutaxassislari ham ishtirok etib, tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbirkorlarning savollariga javoblar qaytarilib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy taklif va yechimlar belgilandi.









