Xitoy kompaniyasi istiqbolli loyihaga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
2026-04-23 19:25:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Guangzhou Huayuan Environmental Protection Technology Co., Ltd.” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Zou Syan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Farg‘ona tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyiha xususida fikr almashildi.
Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani, hududlararo hamkorlik ham faollashayotgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, viloyatda faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalari soni ortib, ularning faoliyat yo‘nalishlari ham kengayib borayotgani aytib o‘tildi.
Taklif etilayotgan investitsiya loyiha aniq reja va puxta o‘ylangan chora-tadbir asosida amalga oshirilishi muhimligiga e’tibor qaratildi.
Shundan kelib chiqib, ushbu tashabbus yuzasidan muzokaralarni davom ettirilishi bildirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.



