Tadbirkorlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
2026-04-23 19:10:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning tadbirkor Gulshan Akbarov bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida bu alohida qayd etildi. Uchrashuvda So‘x tumanida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkor hududda so‘nggi yillarda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va yaratilgan qulay sharoitlarga to‘xtalib, sanoat, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini bildirdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi.
Viloyat hokimi tadbirkorning ushbu tashabbuslarini yuqori baholab, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.
Uchrashuvda So‘x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ham ishtirok etdi.

