Farg‘onada tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish tartiblariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
2026-04-23 16:25:00 / Yangiliklar

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda nazorat qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, biznes yuritish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni hamkorlikda hal etish, shuningdek, davlat organlarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarini oldini olishga qaratilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbirkorlik sohasida davlat nazoratini raqamlashtirish uchun yaratilgan elektron platforma - “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning ahamiyati atroflicha tushuntirildi.
Tekshiruv tashabbusi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, xavfni tahlil qilish elektron tizimi natijalari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida ilgari surilishi mumkinligi aytib o‘tildi.
Shu bilan birga, tekshiruvlarni axborot tizimi orqali xabardor qilish va ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari yuzasidan ham tushunchalar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.




