Iqtisodiyot sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari keng tatbiq etilmoqda
2026-04-21 18:25:00 / Yangiliklar

Mazkur seminarda shahar va tuman hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, hokimlarning sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilari hamda viloyat tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy taqdimotlar, yangi platforma va uning imkoniyatlari, shuningdek, “Dono AI” va “AI mahalla” kabi zamonaviy platformalar taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutasaddilardan atroflicha javob oldilar. Takliflar bildirildi.
Seminar yakunida har bir hudud vakillari o‘z hududlarini sun’iy intellekt yordamida iqtisodiy tahlil qilish bo‘yicha zarur ko‘nikma va amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.






