“ONAMGA DIL IZHORIM” TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI
2026-04-21 16:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tanlovda nafaqat viloyatimiz, balki respublikamizning turli hududlaridan ko‘plab ijodkorlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ham o‘zlarining samimiy, ta’sirchan va mazmunli ijodiy ishlari bilan qatnashdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgan 80 dan ziyod maqola va 30 ga yaqin videorolik shaffof tarzda baholandi hamda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotchilar, tanlov qatnashchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Farida Husainova, Go‘zal Oxunova, Muqaddamxon Ehsonova, Ma’rufa Soliyevalar maqolalar yo‘nalishida, Diyorbek Sottiyev, Shahribonu Isomiddinovalar videoroliklar yo‘nalishida g‘olib deb topilib, belgilangan tartibda mukofotlandilar.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan yana 15 nafar ishtirokchi tashakkurnoma hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.






