Viloyat hokimi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-04-10 11:45:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yigit-qizlarning bandligini ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari xususida so‘z yuritildi. Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, Farg‘ona shahridagi al-Xorazmiy maktabida ham o‘quvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan uning hayoti, davlatchilik an’analari va boy merosi haqida atroflicha fikr almashildi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashildi. Ularni o‘zlari tanlagan sohalar bo‘yicha shaharda faoliyat olib borayotgan xorijiy korxonalar bilan tanishtirish, shuningdek, bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion platforma taqdimoti namoyish etildi. Mazkur loyihani viloyat hokimligi xodimlari bilan hamkorlikda rivojlantirish va keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish bo‘yicha kelishildi.


