Quva tumanida qurilayotgan “Turon turk” maxsus sanoat zonasi xalqaro standartlar asosida faoliyat olib boradigan yirik markazga aylanadi
2026-04-08 21:15:00 / Yangiliklar
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Heyal holding” kompaniyasi ta’sischisi Vahdettin Heyal hamda xorijiy hamkori - “AZIZI General Trading” kompaniyasi rahbari Baylar Azizov boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘tkazgan muloqotida shu xususida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda mazkur sanoat zonasi salohiyati, ko‘lami nuqtai nazaridan viloyatimizda alohida o‘rinda turuvchi sanoat zonasi bo‘layotganligi, albatta, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda ilg‘or xorijiy tajriba va innovatsion boshqaruv tizimlarini joriy etish lozimligi alohida qayd etildi.
“Turon turk” maxsus sanoat zonasini xalqaro talablarga javob beradigan yirik sanoat markaziga aylantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.


