Kasbiy ta’lim tashkilotlari ustalari xalqaro sertifikatlash sinovidan o‘tdi
2026-04-07 09:25:00 / Yangiliklar
Farg‘ona shahar 4-son texnikumida Toshkent xalqaro sertifikatsiyalash akademiyasi huzuridagi “PERSONAL” o‘quv markazi tomonidan viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining “Payvandlash” yo‘nalishi bo‘yicha 34 nafar ishlab chiqarish ta’lim ustalari malakasini xalqaro standartlar (EN ISO 9606 (PED) va AWS D1.1G‘D1.1M:2020) asosida baholash va sertifikatlash bo‘yicha sinov jarayonlari o‘tkazildi.

Sinov jarayonida ishlab chiqarish ta’lim ustalari xalqaro standartlariga muvofiq baholandilar. Jarayon Latviyadan kelgan malakali ekspertlar ishtirokida olib borildi. Bu esa baholashning shaffofligi va xalqaro talablar bilan to‘liq mosligini ta’minladi.
Yakunda sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 15 nafar “Payvandlash” bo‘yicha ishlab chiqarish ta’lim ustalari sertifikatga tavsiya etildilar.
Ta’kidlash kerakki, ushbu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan ta’lim ustalari nafaqat mahalliy, balki xalqaro mehnat bozorida ham faoliyat olib borish imkoniga ega bo‘ladilar. Ularning malakasi xalqaro miqyosda tan olinadi.




