Farg‘onada zamonaviy “Iste’molchilar uyi” foydalanishga topshirildi
2026-04-04 12:10:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari Burhonjon Qo‘ldoshev, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi, senator Zokirjon Rahmonovlar mazkur bino nafaqat yangi infratuzilma ob’yekti, balki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiquvchi muhim institusional markaz sifatida ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
“Iste’molchilar uyi” aholiga qulay va ochiq xizmat ko‘rsatish markazi sifatida tashkil etildi. Unda fuqarolarning murojaatlari, ariza va shikoyatlari tezkor qabul qilinadi, bepul huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatiladi, nizoli holatlarni sudgacha hal etish va mediativ xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.
Bu yerda elektron xizmatlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilgan.
Ramziy lenta qirqilib, tadbir ishtirokchilari “Iste’molchilar uyi”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.









