Yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat bu – hayot, bu – toza havo, bu – sog‘lom muhit, bu – kelajak demak
2026-04-01 13:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda boshqa hududlar qatori Farg‘ona viloyati ham videoaloqa orqali ulanib, yashil hududlar tashkil etish ishlarini boshladi.
Xususan, Farg‘ona tumani “Yuqori archa” MFY hududidagi 105 gektar maydonda “yashil bog‘” va “yashil belbog‘” barpo etish ishlariga kirishildi. Bugun ushbu hududning 10 gektariga 2000 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat nuroniylari, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan davr mobaynida viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 140 gektar yashil bog‘lar, 170 gektar jamoat parklari, shuningdek shahar va tumanlar atrofida 26 gektar “yashil belbog‘lar” barpo etildi. Shuningdek, Quva tumanidagi "Karkidon" suv ombori hududida iqlim sharoitiga mos 100 ming tupdan ziyod manzarali ko‘chatlar ekildi.
Joriy yilda viloyatda jami 15,2 million dona, jumladan bahor mavsumida 5,6 million dona manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Buning uchun ko‘chatxonalarda 40 million donadan ziyod ko‘chat zaxirasi yaratildi. Hozirga qadar esa viloyat bo‘yicha 6,5 million tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekildi.









