Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Beijing Top Vision” kompaniyasi vakillarini qabul qildi
2026-03-28 19:45:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida viloyatimizda hamkorlikda yangi turizm loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xitoylik investorlar Shohimardon qishlog‘ida yirik turistik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdilar.
Viloyat hokimi Shohimardonning o‘ziga xos turistik salohiyatiga to‘xtalib, investorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini, loyihalar aniq va puxta ishlangan rejalar asosida amalga oshirilishi zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuvda loyihani yanada takomillashtirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, hududda yilning to‘rt faslida ham dam olish imkoniyatlarini yaratish yuzasidan takliflar bildirildi.
O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va loyihani amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar kelishib olindi.



