Farg‘onada “Farz” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
2026-03-27 18:30:00 / Yangiliklar
Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida “Farz” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kino ixlosmandlari, san’at ahli va taniqli ijodkorlar jam bo‘ldi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda film ijodkorlari ishtirok etdi.
“Farz” filmi insonlar o‘rtasidagi mehr, sadoqat va adolat g‘oyalarini tarannum etadi. Asarda nohaq ayblangan inson taqdiri, uning iztirobi va haqiqat uchun kurashi ta’sirchan tarzda yoritilgan. Har bir sahna orqali sabr, matonat va insoniy qadriyatlar namoyon bo‘ladi.
Film tomoshabinlarni befarq qoldirmay, ularni chuqur o‘yga toldirdi va ezgulikka chorladi.
Premyera yakunida ijodkorlarga samimiy tilaklar bildirildi.









