O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligida O‘zbekiston tumanida yangi investitsiya loyihasiga start berildi
2026-03-26 18:15:00 / Yangiliklar

Davlat rahbarlari 10 ta qo‘shma loyihani boshlab berdilar.
Mazkur jarayonda O‘zbekiston tumanida joylashgan “Rassvet Vostoka” MCHJ XK tomonidan konserva mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining qurilishiga kirishildi.
Tadbirda videokonferensaloqa orqali viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, tadbirkorlar hamda investorlar ishtirok etdilar.
Qiymati 5 mln dollarni tashkil etuvchi ushbu loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga, tojikistonlik hamkorlar bilan amalga oshirilmoqda. Loyihani 2026–2027-yillarda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida yillik 21 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini konservalash imkoniyati yaratiladi. Mahsulotlar mahalliy hamda tashqi bozorlarga eksport qilinadi, shuningdek, 80 ta yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilib, yoshlar bandligi ta’minlanadi.

