Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yoshlar kuni tadbirlari doirasida Farg‘ona tumanidagi “Baxtli kelajak sari qadam” nomli oilaviy bolalar uyida bo‘ldi
2026-03-19 17:40:00 / Yangiliklar

Mazkur xonadonda Ziyoda Valiyeva turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda 9 nafar bolani tarbiyalab kelmoqda. Hozirda ularning ikki nafari oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.
Jumladan, tarbiyalanuvchilardan biri Sharofatxon Tohirova xalqaro “Erasmus+” dasturi orqali xorijda ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Qolgan farzandlar esa umumta’lim maktablarida tahsil olmoqda.
Uchrashuv davomida viloyat hokimi o‘g‘il-qizlarning qiziqishlari, erishayotgan yutuqlari hamda kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi.
Oila-a’zolarini muborak Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami bilan qutlab, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimo e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi. Xonadon egalariga bayram sovg‘alari topshirildi



