So‘x tumanida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqilmoqda
2026-03-17 14:25:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hududda turizm infratuzilmasini tubdan yangilashni nazarda tutuvchi master-reja loyihasi bilan tanishdi.
So‘x daryosi qirg‘og‘i va atrofida yangi turizm ob’yektlari, mehmonxonalar, dam olish va boshqa turli maskanlar barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu yerda sayohatchilarni maroqli dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Tumanning rekreasion imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi turistik marshrutlari shakllantiriladi.
Viloyat rahbari master-rejani tumanning o‘ziga xos geografik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, hududda davolash-sog‘lomlashtirish va ziyorat turizmi kabi qator istiqbolli yo‘nalishlarni ham qamrab olish zarurligi ta’kidlandi.


