Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov viloyatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xitoylik investorlar guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-03-16 16:10:00 / Yangiliklar

Xitoylik investorlar Farg‘ona viloyati bugungi kunda sarmoyadorlar uchun jozibador hududlardan biriga aylanib borayotganini, ayniqsa, turizm va shaharsozlik sohalari jadal rivojlanayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, ular o‘zlari tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishtirib, viloyat hududida ham yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida ekanliklarini bildirib, biznes rejalarini taqdim etdilar.
Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov investorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qilib, loyihalarni amalga oshirish jarayonida har tomonlama amaliy ko‘mak berilishini ta’kidladi.
Muloqot yakunida hamkorlikdagi loyihalarni ekspertlar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilishiga kelishildi.



