Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xiangyang Tenglong Automobile Co., Ltd.” kompaniyasi boshqaruv raisi Van Ventszyun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
2026-03-13 20:50:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi mamlakatimizda investorlar uchun qulay va jozibador muhit yaratilganligi, bu esa yangi loyihalarni ishga tushirilishiga xizmat qilayotganligini bildirdi. Аvvalo, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yuqori sifat talablariga javob berishi muhimligi, bu esa oʼz navbatida eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilishiga eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, loyiha doirasida yangi ish oʼrinlari yaratilishi ham alohida ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Uchrashuvda yongʼin oʼchirish, maishiy chiqindilarni tashish uchun moʼljallangan maxsus avtotransport vositalari hamda boshqa turdagi texnikalarni ishlab chiqarish, mahalliylashtirish bilan bogʼliq loyihalar xususida ham fikr almashildi. Bu borada xitoylik investorlarni jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Viloyat hokimi istiqbolli loyihalarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, hamkorlikning keyingi bosqichlari yuzasidan kelishib olindi.
Uchrashuvda Yozyovon tumani hokimi Dilshodjon Jalilov ham ishtirok etdi.


