Har bir yosh - davlat eʼtiborida
2026-03-12 21:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida viloyat rahbari mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biri ekanligi, yoshlar bilan ishlashda tizim yaratilganini qayd etdi. Yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʼrganish va hal etish, ayniqsa, bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʼz yuritildi. Yurtimizda qaysi toifaga mansub boʼlishidan qatʼiy nazar, har bir yigit-qiz davlat himoyasida boʼlib, ularning kasb-hunar oʼrganishi, ishga joylashishi va hayotda munosib oʼrin egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani taʼkidlandi.
Viloyat hokimi mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga yoshlar muammolarini oʼrganish, ularni tizimli hal etish hamda manzilli yordam koʼrsatish boʼyicha tegishli topshiriqlar berdi.
Tadbir doirasida Fargʼona shahri masʼul rahbarlari va probatsiya xizmati xodimlari ishtirokida ogʼir toifadagi yoshlar bilan alohida suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida ularning muammo va takliflari eshitilib, amaliy yordam koʼrsatish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.




