Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining yirik muhandislik hamda sanoat qurilishi kompaniyalari vakillarini qabul qildi.
2026-03-07 21:25:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida investorlar tomonidan viloyatda qurilish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar muhokama qilindi.

Xitoylik investorlar Farg‘ona viloyatida sement sanoati hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish niyatida ekanliklarini bildirib, o‘z loyiha takliflarini taqdim etdilar.
Viloyat hokimi taklif etilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ularni amalga oshirish uchun mas’ul tashkilotlar biriktirilishini hamda loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi.
Ishlarni tizimli olib borish va aniq loyiha va reja asosida jarayonlarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.


