Koreya kompaniyasi yirik loyihani amalga oshirmoqda
2026-03-06 14:55:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, Quvasoy shahri Bunyodkor MFY hududida joylashgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida Koreya Respublikasining “Hansae Mobility” kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yirik sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv davomida Jong Day Von mazkur investitsion loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi.
Qiymati 30 million dollar bo‘lgan yangi korxonada loyihaning birinchi bosqichida 120 ta, umumiy hisobda esa 200 tadan ortiq ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Loyihani 2026-yil iyul oyida ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Muloqotda ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, korxonaga malakali mutaxassislarni jalb qilish, farg‘onalik ishchilarni Koreyada tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek o‘zaro ishonchli hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani qayd etildi. Kompaniya vakillari loyihani amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan amaliy yordam uchun viloyat rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik shartnomasi imzolandi.


