Viloyat axborot-kutubxona markazida “Oila va nikoh – muqaddas” mavzusida seminar tashkil etildi
2026-02-21 16:15:00 / Yangiliklar

Seminarda oilaviy ajrimlarning sabablari, ularning oldini olish chora-tadbirlari hamda jamiyatda sog‘lom oila muhitini shakllantirish masalalari, O‘zbekistonda nikohlar soni kamayishining statistik tahlili, uning sabab va oqibatlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, oilalarni mustahkamlashda fuqarolik sudlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumotlar berildi. Oila barqarorligini ta’minlashda imom-xatiblar va otinoyilarning hamkorlikda olib borayotgan ishlari hamda rejalari xususida fikr almashildi.
Oilaviy ajrimlarning oldini olishda davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Reproduktiv salomatlik, ona va bola salomatligi masalalari bo‘yicha mas’ullar tomonidan ma’ruzalar qilinib, ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.
Seminar doirasida viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkor xotin-qizlar bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Unda xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullar tomonidan xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish tartiblari hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.






