Chiqindi xizmatidan qarzdor 152 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi
2026-01-27 09:55:00 / Yangiliklar
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi joriy yilning 16-yanvar holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplanmagan umumiy 87,5 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 873 990 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilganini ma’lum qiladi. Shundan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 5 kun muddat berildi va ushbu davrda 7,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.
Respublika kesimida jami 151 202 ta abonentning 14,8 mlrd so‘mlik maishiy chiqindi xizmatlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘loviga cheklov o‘rnatildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi.
