Islombek Ismoilov “Neftchi” PFKning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi
2025-12-02 11:25:00 / Yangiliklar

Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Islombek Ismoilov yosh bo‘lishiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanilgan. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy o‘yin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
“Neftchi” jamoasining chempion sifatida kelgusi mavsumdagi asosiy vazifalari —
🏆 chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash,
🌏 Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish,
💪 jamoaning raqobatbardosh va uzluksiz rivojini ta’minlash.
Islombek Ismoilovga jamoamizni boshqarishdek sharafli va mas’uliyatli vazifada ulkan zafarlar tilaymiz. U bilan birga “Neftchi” yangi maqsadlar, yangi g‘alabalar va yangi tarix sari yo‘lga chiqmoqda.
Hush kelibsiz, Islombek Ismoilov!
Biz birgalikda kuchmiz! "Neftchi" - faxrimiz va g'ururimiz!


