Investitsiyaviy jozibadorlik va barqarorlikni ta’minlashda korrupsiyasiz muhit yaratish juda ham muhimdir
2025-11-28 12:15:00 / Yangiliklar

Unda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning amaliyotdagi natijasi va kompleks zimmasiga yuklangan mas’uliyat, ochiqlik, shaffoflik va halollik siyosati haqida jamoatchilikka ma’lumot berildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari kompleksi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida eng yuqori darajada mas’uliyatga ega tuzilmalardan biri ekanligi, aynan kompleks xodimlari chet ellik investorlar va importyorlar bilan eng birinchi uchrashuvchi, ularda mamlakat haqidagi dastlabki taassurotni shakllantiruvchi vakolatli vakillar bo‘lishi, shu jihatdan korrupsiyadan xoli muhitni ta’minlash va investorlar uchun ochiq, qonuniy, ishonchli sharoit yaratish kompleksning strategik vazifasi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tizimda korrupsiyaga olib boruvchi omillar yo‘qligi sabab o‘tgan 9 oy davomida Farg‘onada 500 ga yaqin loyihada xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Shundan 140 tasi 2024-yil davomida chel el sarmoyalari asosida yangi ochilgan korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu degani 140 nafar yangi investor kompleksda korrupsion holatlar kuzatilmagani sababli o‘z mablag‘larini viloyatimizga ishonch bilan kiritgan.
Bundan tashqari, tizimda ishga tushirilayotgan “Tez yordam” boti haqida ham ma’luot berildi. Ushbu botning qulayligi shundaki, tadbirkor, eksportyor yoki xorijiy investor o‘z muammosini bot orqali ma’lum qiladi va ushbu masala to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratga olinib, yechim topishi osonlashadi.
Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga hokim o‘rinbosari va soha mutasaddilari tomonidan asoslantirilgan javoblar qaytarildi.









