Viloyatimizda ilk marotaba Kiberxavfsizlik musobaqasi tashkil etildi
2025-11-15 19:50:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida davlat idoralari va tashkilotlari xodimlari uchun maxsus seminar-trening ham tashkil etildi. Ushbu seminarda ular kiber tahdidlardan himoya qilish, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va elektron xizmatlarni samarali tashkil etish kabi masalalarda bilimlarini kengaytirdilar.
“CTF-Kiberklub Farg’ona” tanlovida esa yoshlar zamonaviy texnologiyalar va internet xavfsizligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishdi. Unda 300 nafarga yaqin ishtirokchilar ichidan saralanganlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ishtirokchilar raqamli misollar, test savollari va amaliyot asosidagi vazifalarni bajardilar.
Yakunda Anvarjon Solijonov 1-o‘rinni, Muhammaddiyor Habibullayev 2-o‘rinni, Shohrux Muhammadjonov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Ruxshona Ergasheva hamda Muhammadrasul Zohidjonov eng yosh ishtirokchi nominatsiyasida g‘olib bo‘lishdi.
Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilarga viloyat hokimining diplom, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.









