Farg‘ona shahridagi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
2025-11-14 13:35:00 / Yangiliklar

Tanlovning hududiy bosqichida o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan 1063 nafar iqtidorli xotin-qizlar ishtirok etgani ma’lum qilindi. Ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlarida o‘z yutuqlarini ko‘rsatgan bu ishtirokchilardan 151 nafari viloyat bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Endilikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun belgilangan 8 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashuvlar davom etishi tadbirda qayd etildi.
Shundan so‘ng tanlov sinovlari boshlanib, ishtirokchilarning har bir yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli va xolis tarzda baholashga kirishildi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, yakunda tanlov komissiyasi a’zolari Respublika komissiyasiga eng munosib 25 nafar nomzodni tavsiya etadilar.









