Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiya Respublikasidagi amaliy tashrifi davomida Turkiyaning markaziy hududida joylashgan, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatida ahamiyatga ega bo‘lgan Konya viloyatiga tashrif buyurdi.
2025-11-08 15:32:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida Konyadagi 10 dan ziyod yirik tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda turkiyalik tadbirkorlarga Farg‘ona viloyatining sanoati, iqtisodiy, investitsiyaviy salohiyati haqida ma’lumot berildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarish, yangiliklar haqida tanishtirildi.
Davlat rahbarlarining oqilona, do‘stona aloqalari natijasida Turkiya davlati bilan hamkorlik eng yuqori darajaga ko‘tarilgani qayd etildi.
Viloyatimizdagi sanoat zonalari, investorlarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Viloyatda eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlarga qulaylik yaratish maqsadida markaz tashkil qilingani aytildi.
U yerda investorlarning kelib, faoliyatlarini yo‘lga qo‘ygunlariga qadar barcha zaruriy ko‘mak ko‘rsatiladi.
Farg‘onada turk ishbilarmonlari sarmoyalari ishtirokidagi 100 dan ziyod korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi, bu kabi korxonalar salmog‘i yildan yilga ortib borayotganligi aytildi.
Quva tumanida turk hamkorlar ishtirokida "Turk maxsus sanoat zonasi" qurilishiga kirishilayotganligi ta’kidlandi.
Konyaga tashrif ham manfaatli bo‘lishi qayd etilib, turk tadbirkorlari Farg‘onaga taklif qilindi.
Turkiyalik tadbirkorlar ham so‘z olib faoliyatlari haqida ma’lumotlar berishdi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganligi, bu jarayonda yangi loyihalar bo‘yicha investitsiya kiritishga o‘z hissalarini qo‘shishayotganligi, O‘zbekistonda amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan investitsion loyihalari haqida ham aytib o‘tishdi.
Jumladan, Farg‘ona viloyatida ham qator loyihalarda ishtiroklari haqida ma’lum qilishib, yana yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha fikrlarini bildirishdi.
O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Konyadagi sanoat zonalarini o‘rgangan holda ushbu tajribalarni Farg‘onada ham tatbiq etish, yaqin kunlarda turk ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyaning Farg‘ona viloyatiga tashrifini tashkillashtirishga kelishildi.







