Farg‘onada kasaba uyushmalari fidoyilari sharaflandi
2025-11-06 17:23:00 / Yangiliklar

Unda viloyat hokimligi, boshqarma va tashkilotlar kasaba uyushmalari xodimlari, hamkor tashkilotlar mutasaddilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutlab, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Bayram tabrigida joriy yil 17 oktyabr kuni Davlatimiz rahbari tizim faollari va faxriylari bilan muloqot qilib, bir qator tashabbus va takliflarni ilgari surishi mamlakatimizda inson mehnatini ulug‘lash, uning haq-huquqini ta’minlash yo‘lidagi yana bir muhim qadamlardan bo‘lgani alohida e’tirof etildi.
Kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishda Farg‘ona viloyati Respublikada yetakchi o‘ringa ega ekanligi, viloyat kasaba uyushmalari tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan ko‘plab ibratli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Bugungi kunda viloyatimizda 4000 dan ortiq boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida 700 ming nafardan ziyod faollar samarali mehnat qilmoqda. Ular korxona va tashkilotlarda ishchi-xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, munosib mehnat sharoitlarini yaratishda faollik ko‘rsatishmoqda.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolari tizimli ravishda hal etilib, 6 bosqichda viloyatimizdagi 450 mingdan ziyod turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan opa-singillarimizga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Ichki turizmni rivojlantirishda ham soha xodimlarining xizmatlari katta bo‘lmoqda. Sanatoriylarda 2020-2024 yillar davomida Farg‘ona viloyatidagi 35 mingdan ziyod dam oluvchilar sog‘lomlashtirilib, ulardan 12 ming 903 nafari imtiyozli va 1 ming 56 nafari bepul yo‘llanmalar asosida o‘z salomatliklarini tikladilar.
O‘tgan davr mobaynida esa 42 ming 847 nafar bolalar viloyatdagi so‘lim oromgohlarda sog‘lomlashtirildi.
Farg‘ona viloyatining o‘zida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2022 yilda So‘x tumanida 200 o‘rinli “So‘x” bolalar oromgohi, 2025 yilda Farg‘ona tumanida esa yana shuncha o‘rinli jahon standartlariga to‘liq javob bera oladigan zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi bunyod etildi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan e’lon qilingan “Eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Yana bir guruh soha fidoyilariga “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.
Viloyatimizning taniqli san’atkorlari, ashula va raqs ansambllari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.









