Raqamli texnologiyalar maktabi School 21 ga yangi qabul!
2024-04-05 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Saralash intensivi 15-aprel va 27-may kunlari boshlanadi.
School 21 - bu xalqaro dasturlash maktabi bo‘lib, bu yerda har kim 18 yoshdan talab qilinadigan IT kasbiga bepul ega bo‘lishi mumkin. Kampus 24/7 ochiq. Boshqa shaharlardan kelgan talabalar uchun kampus hududidan yotoqxona beriladi.
Dastur turli yo'nalishlarni o'z ichiga oladi, jumladan, ilovalarni dasturlash, mobil ishlab chiqish, Frontend, Backend, ML & DS, Big Data, GameDev va boshqalar.
IT olamining bir qismi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
– Intensivda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting
– School 21 ning Instagram sahifasiga obuna bo'ling
– https://t.me/skd21school
Samarqand shahri, Ibn Sino ko'chasi, 17-uyda joylashgan.
