Fidjital sport bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi yakunlandi
2025-09-06 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilning 5–6 sentabr kunlari Chirchiq shahrida o‘tkazilgan Fidjital sport yo‘nalishida O‘zbekiston Kubogi o‘z yakuniga yetdi.
“O‘ztelekom” AK homiyligida, shuningdek O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqa nafaqat qizg‘in bellashuvlarga, balki yuksak ruh va haqiqiy sport bayramiga aylandi.
Bugun, 6-sentabr kuni musobaqaning barcha yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlandi va ularni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Federatsiya raisi Oleg Pekos ham ishtirok etdi. Barcha g‘olib va sovrindorlar kubok, medallar, diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi,
Musobaqada quyidagi jamolar g‘olibliqni qo‘lga kiritishdi:
Fidgital futbol (FIFA 24 + 5x5 futbol) yo‘nalishida:
— Toshkent viloyati "Olimpik" jamoasi
— NGMK "Alpomish" jamoasi
— Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani jamoasi
Fidjital basketbol yo‘nalishida:
1-o‘rin — "BK SKA" jamoasi
— "Slam Dunkers" jamoasi
— "Samarqand" jamoasi
Just Dance yo‘nalishida:
1-o‘rin — Abduxalikova Sagdiana, Shukurullayeva Sabina
— Boyxurazova Dilrabo, Geniyeva Laziza
— Rustamova Shaxribonu, Kalmurzayeva Tumaris
Lazertag yo‘nalishida:
1-o‘rin — "O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti" 1-jamoasi
— "Qoraqalpoq davlat universiteti" jamoasi
— "O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti" 2-jamoasi
Ushbu musobaqa yoshlar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.









