“Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbiri uchun maxsus taklifnoma — Nyu-York
2024-02-21 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari

IT Park Uzbekistan va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekistonning rivojlanayotgan IT va BPO sohalarini oʻrganish uchun misli koʻrilmagan imkoniyatdan foydalanish uchun bizga qoʻshiling. 100 nafar ishtirokchi uchun moʻljallangan ushbu eksklyuziv tadbir IT-autsorsing va BPO sohalaridagi yuqori darajali rahbarlar va qaror qabul qiluvchilar uchun moʻljallangan.
Tadbir nimalarni taklif qiladi?
– Oʻzbekiston IT-salohiyatini kashf etish: Oʻzbekiston IT-ekotizimidagi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan tashabbuslar va iqtidorli kadrlar bilan tanishing.
– Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish: IT-loyihalar uchun taqdim etiladigan jozibador imtiyozlar va mustahkam qoʻllab-quvvatlash tizimi haqida bilib oling.
– Xarajatlarni tejash imkoniyatlari: vazifalarni Oʻzbekistonga autsorsing qilish qanday qilib operatsion xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishi mumkinligini haqida bilib oling.
– Eksklyuziv netvorking: sanoat rahbarlari va salohiyatli mijozlar, shu jumladan nufuzli transmilliy kompaniyalar vakillari bilan maqsadli yoʻnaltirilgan muhokamalarda qatnashing.
Maqsadli auditoriya:
IT-autsorsing va BPO-kompaniyalari rahbarlari, xalqaro yetkazib berish markazlari hamda Oʻzbekistonda loyihalarni ishlab chiqishga qiziqqan salohiyatli mijozlar uchun ayni muddao.
Oʻzbekistonda hamkorlik va loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlari bilan tanishish uchun ushbu noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang.
Taklifnoma olish uchun hozir roʻyxatdan oʻting:
https://forms.office.com/r/20S8fnjw5f
Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng, 48 soat ichida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun siz bilan bogʻlanamiz.
Sizni nafaqat qimmatli maʼlumotlar, balki Oʻzbekiston IT-sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradigan tadbirda kutib qolamiz.
