Samarqand viloyati delegatsiyasining AQSHga tashrifi davomida IT sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
2024-02-21 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda qurilish, logistika, meditsina, oziq-ovqat kabi sohalarda axborot kommunikatsiyalarini keng joriy etish va undan samarali foydalanish bo‘yicha fikr va tajribalar almashildi.
Qolaversa, IT xizmatlarini eksport qilish dolzarb vazifalardan biri ekanligini inobatga olib, mamlakatimizda IT sohasini qo‘llab-quvvatlash va uning uchun yaratilgan qulaylik va preferensiyalar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib, amerikalik tadbirkorlarni Samarqand viloyatida o‘z loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Xususan, “Healthcare Compliance Consultant” tomonidan Samarqand shahrida 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratgan holda sog‘liqni saqlash tizimida masofaviy xizmatlar markazini tashkil etish bo‘yicha aniq muzokaralar olib borildi.
Bundan tashqari, “Rx2go” kompaniyasi bilan masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish yuzasidan memorandum imzolandi.


