14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!
2024-02-14 09:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Temuriylar sulolasi vakili, oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi – Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan. Bu yil shoh va shoir tavalludining 541 yilligi nishonlanmoqda.
Turkiy adabiyotining eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining ijobiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur adabiyotshunos, tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib o‘rin egallagan.
Shoirning hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari ilm-fan rivoji, yosh avlod tafakkuri va ma’naviyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
