Qoraqalpog’istondagi IT sohasi tadbirkorlari bilan uchrashuv o’tkazildi
2025-04-10 16:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida xalqaro va mahalliy IT kompaniyalar, eksportyorlar, IT o’quv markaz rahbarlari bilan Qoraqalpog’istonda IT sohasida yangi ishchi o’rinlar yaratish, eksport imkoniyatlarni kengaytirish, loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Eksportyor kompaniyalar shu yerning o‘zida yoshlarni o’qitib, Qozog’iston, Rossiya, Ummon Sultonligi hamda Avstraliyaga ham IT xizmatlarni ko’rsatishni boshlagan.
Qoraqalpog’istonlik yoshlar ko’proq vaqtlarini chet tillarini o’rganish hamda IT sohasi bo’yicha bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishga safarbar etishsa, shunda zamonaviy sharoitlarga ega Nukus IT Parkdagi kompaniyalarda ishlab, yuqori daromad kasb egasi bo’lishlari mumkin bo’ladi.