Pochta aloqasi sohasida Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarini ratifikatsiya qilish haqida Qonun qabul qilindi
2025-03-01 13:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Umumjahon pochta ittifoqi 1874-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1948-yilda BMT tarkibiga kirgan. Tashkilot jahonda pochta jo‘natmalarining “yagona hududini” ta'minlovchi qoida va standartlarni belgilaydi. Ushbu tashkilotga a'zo davlatlar soni 192 tani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1994-yildan buyon Umumjahon pochta ittifoqining a'zosi bo‘lib, uning faoliyatida faol ishtirok etib, xalqaro munosabatlar rivojiga muayyan hissa qo‘shmoqda.
2018, 2021-yillarda Addis-Abeba (Efiopiya) va Abidjanda (Kot-d’Ivuar) o‘tkazilgan so‘nggi Kongresslarda tashkilot Ustavi va Umumiy reglamentiga qo‘shimchalar kiritilib, Umumjahon pochta konvensiyasi va Pochta to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi Bitim yangi tahrirda qabul qilingan.
Umumjahon pochta ittifoqi Ustavi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuniniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kongress tomonidan qabul qilingan Umumjahon pochta ittifoqi xujjatlari ratifikasiya qilinishi lozim.
Qonun bilan Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga 10–11-qo‘shimcha bayonnomalari ratifikatsiya qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini amalga oshirish va Umumjahon pochta ittifoqining Ikkinchi navbatdan tashqari Kongressi hamda 27-Kongressida qabul qilingan Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarini yuridik kuchga ega deb hisoblanadi.
Xalqaro pochta almashinuvini tashkil etish, Umumjahon pochta ittifoqiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda pochta to‘lovlari xizmatlarini barqaror rivojlantirish imkonini beradi.
Umumjahon pochta ittifoqining xalqaro tashkilot faoliyatida samarali ishtirok etishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini a’zo davlatlarining tayinlangan pochta operatorlari bilan o‘zaro munosabatlarida, Umumjahon pochta ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarda o‘z vakolatlari doirasida ifodalash, himoya qilish imkonini beradi.
