Raqamli texnologiyalar vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun “Men va vazirlik” nomli seminar-trening tashkil etildi
2025-03-13 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir davomida har bir ishtirokchi o‘zining kuchli tomonlarini, kasbiy va shaxsiy o‘sish yo‘nalishlarini aniqlab oldi. Shuningdek, trening jarayonida ishtirokchilar vazirlik faoliyati, ishlash tizimi, asosiy vazifalari, imkoniyatlari va va mavjud muammolarga tizimli yechimlar haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Trening davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
• Xodimlar rivojlanishi – shaxsiy va kasbiy o‘sish imkoniyatlari;
• Jamoaviy ishlash va vazirlikning missiyasi –vazirlik faoliyatida o‘z o‘rnini aniqlash va vazirlikning missiyasiga hissa qo‘shish yo‘llari;
• Ichki lokal aktlar – xodimlar etikasi, xizmat madaniyati va intizom;
• Interaktiv o‘yin va keys-tahlillar – real voqea va muammolar asosida tajriba almashish va ularni hal qilish yo‘llarini muhokama qilish.
Shuningdek, tadbirning asosiy vazifalaridan biri xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘ldi.
Trening davomida ishtirokchilarga ochiq platformada fikr almashish, o‘z takliflarini muhokama qilish va muloqotda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratildi.
Tadbir interaktiv shaklda va birgalikda o‘sish hamda muvaffaqiyatga erishish shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, savol-javob sessiyalari va muhokamalar, jamoaviy o‘yinlar orqali yanada qiziqarli va samarali bo‘ldi.




