Oʻzbekiston oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga neyron tarmoqlar boʻyicha kurslar qoʻshildi
2025-03-11 13:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Informatika oʻqituvchilari uchun bepul kurslarni Raqamli texnologiyalar vazirligi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarning professional rivojlanishi va yangi metodikalar taʼlimi milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda Yandex Uzbekistan hamkorlikda ishga tushirdi.
📌 Kurslar doirasida oʻqituvchilar:
🗣 Neyron tarmoqlar va ularning qoʻllanilishi haqida maʼlumot oladilar.
🗣 Python dasturlash asoslarini, jumladan, asosiy konstruktsiyalar va obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tamoyillarini oʻrganadilar.
🗣 Kurslar nazariy va amaliy darslarni oʻz ichiga oladi, bu esa Python dasturlash tilini avvaldan bilmagan holda ham materialni oʻzlashtirish va uni ish faoliyatida darhol qoʻllash imkonini beradi.
🗣 Barcha materiallar ishtirokchilarda doimiy ravishda saqlanib qoladi.
📌 Kurslarning asosiy jihatlari:
🗣 Python boʻyicha oltita boʻlim; ishda eng muhim mavzular va vazifalarni tanlash imkoniyati.
🗣 Oʻqituvchilarga qulay vaqtda oʻqish imkonini beruvchi onlayn-format.
🗣 Oʻquvchilar uchun Python dasturlash boʻyicha qoʻshimcha materiallar va avtomatik tekshiruvga ega tayyor vazifalarga kirish imkoniyati.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola orqali qisqa anketani toʻldirish kerak: https://bit.ly/3QOpGPW
