Vazir Surxondaryoda IT Park filiali binosi qurilish ishlari bilan tanishdi
2023-11-14 16:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Bino qurilib, foydalanishga topshirilgandan so‘ng Surxondaryo viloyatida AKT sohasida xizmatlar ulushini ko‘tarish va viloyatning IT sohasidagi eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, uning hududida yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitishga mo‘ljallangan IT-Akademiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Ushbu akademiya viloyat yoshlarini IT sohasiga qiziqtirish, zamonaviy va yuqori daromadli kasblarni o‘rgatishga xizmat qiladi.
Tanishuv jarayonida vazir Sh. Shermatov IT Park filialida ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, viloyatda IT eksport hajmini oshirish, yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, ko‘proq BPO va KPO xizmatlar yo‘nalishida korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘z navbatida, qurilayotgan obyektlarda ishlarni jadallashtirish va ularning sifatli qurilishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.


