Qanday qilib AQShning TOP universitetlariga kirish mumkin?
2023-11-13 18:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Women Techmakers Tashkent jamoasi ko‘plab talab va istaklarga binoan “Chet elda o‘qish” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etmoqda.

Tadbir mehmoni Stendford universitetining to‘liq grant sohibasi, shuningdek SAT dan 1560, IELTS dan 8 darajaga ega Farangiz Murodiy bo‘ladi.
Farangiz hozirda sun’iy intellektga ixtisoslashgan Simvolik tizimlar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini yoqlamoqda.
Onlayn muloqot 18-noyabr kuni 16:00 da bo‘lib o‘tadi va quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://lnkd.in/gcT2fyNF
Shuningdek, YouTubeda jonli efirni o‘tkazib yubormaslik uchun video havolasida bildirishnomani yoqishni esdan chiqarmang
