Gulistonda tashkil etilgan Malayziyaning “Upstream BPO” IT-autsorsing kompaniyasi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi
2025-02-05 21:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur kompaniya 2024-yilda ish boshlagan bo‘lib, qisqa vaqt ichida 70 nafardan ortiq yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlagan hamda xalqaro darajadagi IT-xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha muvaffaqiyatga erishmoqda.
“Upstream BPO” kompaniyasi “ZeroRisk” dasturi doirasida zamonaviy ofis bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yerda mebel va texnikalar bilan jihozlangan.
Ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda kompaniya Xitoy kompaniyalariga mijozlarini qo‘llab-quvvatlash va ma’lumotlar tahlili yo‘nalishida xizmatlar eksportini amalga oshirmoqda. Shuningdek, 2025-yil davomida bir qator boshqa xalqaro kompaniyalarga autsorsing xizmatlarini eksport qilish orqali faoliyatini yanada kengaytirishni rejalashtirgan.
Tashrif davomida vazir kompaniyaning faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlar salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Shuningdek, IT-xizmatlar va biznes jarayonlar autsorsingi (BPO)ni yanada rivojlantirish va bunda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali O‘zbekiston yoshlarini global IT-bozorga jalb qilish bo‘yicha takliflar berildi.




