O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyiga ekskursiya
2025-02-04 16:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha 2025-yil uchun “yillik kalendar reja”ga muvofiq joriy yil 1-fevral kuni Vazirlik Kasaba uyushmasi tomonidan 150 nafar xodimning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyiga tashrifi tashkil qilindi.
Tashrif davomida o‘zbek kinosi tarixi, mamlakatimizda kinematografiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusi rejalar bilan yaqindan tanishib chiqildi.
Shundan so‘ng Vazirlik xodimlari va ularning oila a’zolari uchun “G‘urur” badiiy filmi namoyishi tashkil etildi.


