Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Wildberries” kompaniyasi o‘rtasida Memorandum imzolandi
2023-10-06 18:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur tashrif oldidan Qozon shahrida “O‘zbekiston – Rossiya hududlararo hamkorlik bo‘yicha III forumi” tashkil etildi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
Forum O‘zbekiston – Rossiya hududlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
Forum doirasida “Internet orqali savdoni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Wildberries” kompaniyasi o‘rtasida Memorandum imzolandi. Memorandumni Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov va “Wildberries” kompaniyasining Xalqaro rivojlanish bo‘yicha direktori Rafael Abramyan imzoladi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Wildberries” tarmog‘i orqali sotiladigan O‘zbekiston tadbirkorlarining mahsulot eksportini oshirish, “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan hamkorlikni kengaytirish va It-tadbirkorlik va ta'lim sohasida tajriba almashishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishdan iboratdir.
